Xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli taʼsiri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi. Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi.