Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart. Ekologik normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan oʻz vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi. Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etiladi.
V. TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH