Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari

Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.