Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 17-modda. Tuproqdan foydalanish shartlari

Tuproq deyilganida yer qobigʻining tiriklik uchun foydalaniladigan va oʻsimliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi. Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy oʻsimliklardan hosil olish uchun foydalaniladi. Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak.