Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 35-modda. Ekologiya jamgʻarmasi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targʻibot va maʼrifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida Ekologiya jamgʻarmasi tashkil etiladi. Ekologiya jamgʻarmasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.