Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 38-modda. Falokatlarni va ularning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etish

Falokat sodir boʻlgan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotlar favqulodda ekologiya vaziyatlariga moʻljallangan oʻz harakat rejalariga muvofiq falokatni bartaraf etishga darhol kirishishlari shart. Ayni vaqtda ular falokat haqida va uni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga, shuningdek bunday falokatlarning ekologiyaga zararli oqibatlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan xizmatlarga darhol xabar qiladilar.