Tabiatga zararli biologik taʼsir oʻtkazayotgan yoki oʻtkazishi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bunday taʼsir oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirishlari shart. Yangi mikroorganizmlar, viruslar va shakllar hosil qilishga va foydalanishga, shuningdek ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelishga faqat davlat sanitariya nazorati organlarining ijobiy xulosasi boʻlganidagina ruxsat etiladi.