Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 5-modda. Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.