Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 53-modda. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalar

Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomada ushbu Qonundagidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida birmuncha qattiqroq talablar belgilangan hollar bundan mustasno.

XII. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABIATDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNI SODIR ETGANLIK UCHUN MOLIYAVIY SANKSIYALAR