Tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI