Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.