Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadilar. Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvaragʻi shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.