Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qoʻshib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin. Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qatʼi nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.