Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi. Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish mu