Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida 42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida: tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyozlarni belgilaydi; tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.