Taʼlim toʻgʻrisida 16-modda. Masofaviy taʼlim

Masofaviy taʼlim oʻquv rejalari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Masofaviy taʼlimni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.