Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: taʼlim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; taʼlim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga rahbarlik qiladi; taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini tasdiqlash, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish, nodavlat taʼlim tashkilotlariga taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash toʻgʻrisida xabardor qilish, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga apostil qoʻyish tartibini belgilaydi; pedagogik kadrlarni taʼlim tashkilotlariga (bundan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotlari mustasno) ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilaydi; xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi; xorijiy davlatlarda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi; davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi; eksternat tartibida oʻqitishga yoʻl qoʻyilmaydigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatini tasdiqlaydi; faqat davlat taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va kasblar roʻyxatini tasdiqlaydi; davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi; davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari (davlat ulushi boʻlgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, qoʻshma taʼlim tashkilotlari, davlat-xususiy sheri