Taʼlim toʻgʻrisida 26-modda. Taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridir. Taʼlim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida: taʼlim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; taʼlim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi; davlat taʼlim standartlari (shu jumladan maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti) va davlat taʼlim talablarida kadrlarning maʼlumoti darajasiga hamda kasbiy tayyorgarligi sifatiga qoʻyilgan talablarning taʼlim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat taʼlim standartlari (shu jumladan maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti) hamda davlat taʼlim talablari ishlab chiqilishini taʼminlaydi va ularni tasdiqlaydi; taʼlim oluvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash tartibini belgilaydi; oʻrta maxsus taʼlim yoʻnalishlari, professional taʼlimning kasblar va mutaxassisliklari, oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va taʼlim sohalari roʻyxatini tasdiqlaydi; taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning ilgʻor shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, oʻqitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini taʼminlaydi; taʼlim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, oʻquv dasturlarini takomillashtiradi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini inobatga olgan holda taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash sifatini oshirishga, taʼlim dasturla