Taʼlim toʻgʻrisida 30-modda. Taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish

Davlat oliy taʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi. Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy maʼlumotli malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini, shuningdek aholining oliy taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat hududida xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari tashkil etilishi mumkin. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning taʼlim muassasalari filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha davlat taʼlim tashkilotlari: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida; tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim tashkilotlarining fakultetlari va kurslari shaklida tashkil etiladi. Davlat umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim muassasalari: respublika boʻysunuvida vazirliklar va idoralar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻysunuvida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taʼlim sohasidagi vakolatli respub