Taʼlim toʻgʻrisida 35-modda. Taʼlim jarayoniga oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy etish

Oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari tegishli taʼlim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi. Tegishli davlat taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarining mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini kasbiy standartlar asosida mustaqil tasdiqlashga, shuningdek taʼlim tilini hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining va magistratura mutaxassisliklarining xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim shaklini belgilashga haqli. Umumtaʼlim fanlarining oʻquv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, taʼlim oluvchilarda bilim, malaka, koʻnikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan boʻlishi kerak. Kasbga oid fanlarning oʻquv dasturlari taʼlim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan. Taʼlim jarayoniga oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy etish taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oʻqitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllaniladi. Taʼlim jarayoniga oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini joriy etish chogʻida taʼlim tashkilotlari kredit-modul tizimiga asoslangan oʻqitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Oʻquv rejasida, qoida tariqasida, taʼlim jarayonining jadvali, oʻqitishning boshlanishi, muddati va davriyligi, oʻquv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, taʼtillar hamda attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, oʻrganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Professional va oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning