Davlat taʼlim muassasalariga oʻqishga maqsadli qabul qilish tegishli hududlarning, sohalar va tarmoqlarning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun belgilangan taʼlim oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi. Davlat taʼlim muassasalariga oʻqishga maqsadli qabul qilish kadrlar buyurtmachilari, davlat taʼlim muassasalari va fuqarolar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Davlat taʼlim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida oʻqishga kirish umumiy asoslarda tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.