Taʼlim toʻgʻrisida 41-modda. Taʼlim tashkilotlarining reytingi

Taʼlim tashkilotlarining reytingi: taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish; ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining oʻsishini va sifatining oshishini ragʻbatlantirish; pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish; oʻqitish sifatining yuqori koʻrsatkichlariga erishish; mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi. Reytingni belgilash uchun taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar boʻladi.