Taʼlim toʻgʻrisida 48-modda. Taʼlim oluvchilarning majburiyatlari

Taʼlim oluvchilar: oʻquv dasturlari asosida bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishi, mashgʻulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik koʻrishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi; taʼlim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlik ishlatmasligi va ularning oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi; ustav (taʼsis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va taʼlim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi; axloqiy, maʼnaviy va jismoniy kamol topishga hamda oʻz dunyoqarashini kengaytirishga intilishi; taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi; taʼlim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart. Taʼlim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.