Taʼlim toʻgʻrisida 52-modda. Taʼlim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish

Taʼlim tashkilotlarida taʼlim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan taʼminlanadi. Toʻlov-shartnoma asosida taʼlim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin. Nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonunchilikka, oʻz ustaviga va (yoki) boshqa taʼsis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi. Davlat ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida kam taʼminlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi taʼlim oluvchilarning kasbiy oʻsishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.