Alohida sharoitlarda oʻqitish va tarbiyalanishga muhtoj boʻlgan bolalar (shaxslar) uchun ularning taʼlim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini taʼminlaydigan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) taʼlim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil taʼlim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
8-bob. Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish. Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish, taʼlim sohasidagi hujjatlarga apostil qoʻyish