Taʼlim toʻgʻrisida 58-modda. Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi. Oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari, bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlariga, davlat taʼlim talablariga, shuningdek taʼlim dasturlariga muvofiqlik jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi. Attestatsiya va kompleks davlat akkreditatsiyasi ikki bosqichda — taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi baholash bosqichlarida oʻtkaziladi. Ichki baholash taʼlim tashkilotining oʻzini oʻzi baholashidir. Tashqi baholash ichki baholash oʻtkazilganidan keyin taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari tashkil etilgan kundan eʼtiboran belgilangan muddatga akkreditatsiya qilingan hisoblanadi. Maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlimni amalga oshiruvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari tegishli litsenziya olingan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddat davomida akkreditatsiyadan oʻtgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi. Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiya