Taʼlim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishidan oldin ular taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiya mezonlari va koʻrsatkichlari asosida oʻz faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan oʻtkazadi. Taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash natijalarini taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga taqdim etadi. Taʼlim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi taʼlim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini oʻrganadi va ulardan taʼlim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi. Taʼlim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.