Taʼlim toʻgʻrisida 6-modda. Taʼlim tizimi

Taʼlim tizimi: davlat taʼlim standartlarini, davlat taʼlim talablarini, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini; davlat taʼlim standartlarini, davlat taʼlim talablari va oʻquv dasturlarini amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlarini; taʼlim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni oʻz ichiga oladi. Taʼlim tizimi yagona va uzluksizdir.