Taʼlim toʻgʻrisida 62-modda. Taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish

Davlat taʼlim muassasalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan, kadrlar buyurtmachilarining mablagʻlari hisobidan, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Nodavlat taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining pul va moddiy mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Davlat taʼlim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega. Pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish davlat taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Davlat taʼlim muassasalarida qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatganlik uchun haq undirish tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Davlat taʼlim muassasalari pulli taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish hisobidan olingan pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etishga haqli. Taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari quyidagilardan iborat: shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hisobidan tushgan mablagʻlar; jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy va qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablagʻlar; taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va koʻrsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablagʻlar; taʼlim tashkilotlarining boʻsh turg