Taʼlim toʻgʻrisida 68-modda. Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik

Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari: xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalariga oʻqish uchun yuboradi; pedagog xodimlar va taʼlim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi; rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; oʻz xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlaydi. Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.