Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 105-modda. Majburiyatlarning taʼminot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi

Kreditorlarning taʼminot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi sud sanatsiyasi tartib-taomilini tugatish yoki tamomlash toʻgʻrisida sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablagʻlari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun qarzdorning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan amalga oshiriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.