Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 109-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari

Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran: qarzdorning rahbari oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart; qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, bundan ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) oʻtadigan vakolatlar mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning ilgarigi tartib-taomilida tayinlangan sud boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini taʼminlashi shart; kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi; qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarining boshqacha tarzdagi cheklovlari faqat toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida qoʻllanilishi mumkin; toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida vujudga kelgan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha soliqlar mustasno) toʻlash toʻxtatib turiladi va tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonining muddati yakunlanganidan keyin toʻlanadi. Bunday holda sud tashqi boshqaruvchining hisoboti tasdiqlangan hamda qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqida qaror chiqargan sanadan eʼtiboran ushbu soliq qarzlari olti oy davomida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlanadi; qarzdorning pul majburiyatlari v