Kreditorlarning yigʻilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati belgilangan dastlabki muddatdan ortiq boʻlgan taqdirda, agar tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, sud tashqi boshqaruvning tartib-taomili muddatini uzaytirish haqida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muddat ushbu Qonunning 108-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi kerak.