Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 131-modda. Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish

Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdorning mol-mulki asosida bitta yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish imkoniyati, agar shunday qaror qabul qilinishi uchun barcha kreditorlar yoqlab ovoz bergan boʻlsa, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin. Qarzdorning mol-mulki asosida bitta yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish haqida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining qarori asosida tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin. Agar tashqi boshqaruv rejasida bitta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulki, shu jumladan mulkiy huquqlari kiritiladi. Agar tashqi boshqaruv rejasida bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, ularning ustav fondlariga (ustav kapitallariga) qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulki kiritiladi. Tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) qarzdorning haq tariqasida kiritilayotgan mol-mulki tarkibi tashqi boshqaruv rejasi bilan belgilanadi. Tashkil etilayotgan jamiyatlar ustav fondlarining (ustav kapitallarining) miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan qarzdor mol-mulki egasi yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organi takliflari hisobga olingan holda aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi. Qarzdor aktivlarining oʻrni almashtirilayotganda bu haqda qaror qabul qilinguniga qadar amalda boʻlgan barcha mehnat shartnomalari, ish beruvchining huquq va m