Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 132-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti

Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomili muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud boʻlganda kreditorlar yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari toʻplangan taqdirda kreditorlar yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart. Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yigʻilishi tomonidan hisobotni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, sudga hisobot taqdim etishi shart. Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak: qarzdorning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi; pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot; qarzdorning moliyaviy natijalari haqidagi hisobot; qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qaratilishi mumkin boʻlgan boʻsh pul mablagʻlari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari haqidagi maʼlumotlar; qarzdorning kreditorlik qarzini toʻlash imkoniyati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar. Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan boʻlishi kerak. Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yigʻilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi: qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv tartib-taomilini tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga oʻtish toʻgʻrisidagi; kelishuv bitimi tuzish haqidagi; tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi; tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisi