Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tashqi boshqaruvchi sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiradi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.