Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 142-modda. Tugatish boshqaruvchisi

Sud qarzdorni bankrot deb topish haqida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi boʻlgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.