Qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk sotilganidan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mablagʻlarning qoldigʻi ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yoʻnaltiriladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkini sotishdan tushgan summa kreditorlarning mazkur mol-mulk bilan taʼminlangan talablarini toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 150-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga oʻz talablari hisobiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablaridan koʻp boʻlsa, bunda yuzaga kelgan farqning oʻrni mazkur mol-mulkni oʻz talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi. Agar qarzdorning butun mol-mulki majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida qabul qilingan boʻlsa va mazkur mol-mulkni sotishdan tushgan summa kreditorlarning qarzdorning barcha mol-mulki bilan taʼminlangan talablari summasidan kam yoki unga teng boʻlib qolsa, u holda ushbu kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlarning oʻrni qoplanganidan va talablar qanoatlantirilganidan keyin hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qanoatlantirilganidan keyin amalga oshirila