Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 154-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar

Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq hisob-kitob qiladi. Pul mablagʻlarini kreditorning hisobvaragʻiga oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, unga tegishli summa qarzdor joylashgan yerdagi (uning yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozit hisobvaragʻiga tugatish boshqaruvchisi tomonidan oʻtkazilib, bu haqda kreditorga xabar qilinadi. Mazkur summa notariusning yoki sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida kreditor tomonidan olinmagan taqdirda, bu summa tegishli notarius yoki sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Kreditorlarning tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi eʼlonda nazarda tutilgan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin bildirilgan talablari, shuningdek tugatishga doir ish yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha talablar, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qatʼi nazar, qarzdorning belgilangan muddatda bildirilgan kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin ushbu Qonunning 150-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi. Qanoatlantirilgan talablar, shuningdek qaysi talablar boʻyicha qarzdan voz kechish toʻgʻrisida bitimga erishilgan boʻlsa, oʻsha talablar yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan hisobga olinishi bildirilgan yoxud majburiyatlarni tugatishning boshqa asoslari boʻlgan talablar kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari deb hisoblanadi. Talabni hisobga olish, shuningdek qarzdan voz kechish orqali talabni qanoatlantirishga faqat bildirilgan talablarni qanoatlantirishning navbati va nisbati prinsipiga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Qarzdan voz kechish haqida bitim imzolash yoʻli bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga mazkur bitim kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi bilan kelishilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Tugatishga doir ish yuritishda qarzdorning majburiyatlarini yangilash toʻgʻrisida bitim tuzish yoʻli bi