Tugatish boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda uning tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki haqida axborot, shuningdek boshqa axborot taqdim etadi. Tugatish boshqaruvchisining hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak: shakllantirilgan tugatish massasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va yakunlari haqidagi, qarzdorning mol-mulkini baholash jarayoni hamda natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qarzdorning yagona hisobvaragʻiga tushgan va ishlatilgan pul mablagʻlarining summasi hamda tushumlarning manbalari haqidagi maʼlumotlar; qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalar koʻrsatilgan holda; uchinchi shaxslarga nisbatan qarzni undirish haqida tugatish boshqaruvchisi tomonidan qoʻyilgan talablar, shu jumladan sud tartibida qoʻyilgan talablarning miqdori va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, shuningdek qarzdorning uchinchi shaxslar egaligida turgan mol-mulkini aniqlash va talab qilib olish chora-tadbirlari haqidagi maʼlumotlar; qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortilishini bildirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; qarzdorning kreditorlarning talablari reyestrini yuritishga oid ishi haqidagi maʼlumotlar, kreditorlarning reyestrga kiritilgan talablarining umumiy miqdorini va har bir navbat boʻyicha talablari miqdorini alohida-alohida koʻrsatgan holda; qarzdorning tugatishga doir ish yuritish davrida oʻz faoliyatini davom ettirayotgan xodimlarining hamda oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari tugatishga doir ish yuritish davrida tugatilgan xodimlarning soni haqidagi maʼlumotlar; qarzdorning hisobvaraqlarini yopish boʻyicha tugati