Qarzdor va kreditorlar sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimini tuzishga haqli. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini tuzish haqidagi qaror kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Kreditorlar yigʻilishining kelishuv bitimini tuzish toʻgʻrisidagi qarori birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda qaror, basharti qarzdorning garov bilan taʼminlangan mol-mulki majburiyatlari boʻyicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kreditor vakilining kelishuv bitimini tuzish masalasi toʻgʻrisida ovoz berishga doir vakolatlari uning ishonchnomasida alohida nazarda tutilgan boʻlishi kerak. Kelishuv bitimi qarzdor nomidan tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi yoxud moliyaviy boshqaruvchi tomonidan tuziladi. Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi, unda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish koʻrsatiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan boʻlsa, sud kelishuv bitimini tasdiqlash haqida ajrim chiqaradi, unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror bajarilmasligi koʻrsatiladi. Kelishuv bitimi qarzdor, kreditorlar, shuningdek kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxslar uchun sud tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular uchun majburiydir. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishni bir tomonlama rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Kelishuv bitimi tuzishni yoqlab ovoz bergan kreditor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kelishuv bitimini tuzishga qarshi o