Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 166-modda. Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash oqibatlari

Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi uchun asos boʻladi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari saylanguniga (tayinlanguniga) qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettiradi. Kelishuv bitimi tasdiqlangan kundan eʼtiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi yoxud uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni toʻlashga kirishadi.