Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 173-modda. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi

Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi sud tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, bunday qaror boʻlmaganda esa shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining yoki vazirlikning, idoraning va xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga koʻra ham, basharti ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan taʼminot bergan boʻlsa, joriy etilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi rejasi u kreditorlar yigʻilishiga taqdim etilguniga qadar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar boʻyicha esa vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organi bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Tegishincha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining hamda vazirlikning, idoraning, xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga koʻra ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi taʼminoti taʼminlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yoʻli bilan taʼminlanganda, sud qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomiliga oʻtishi toʻgʻrisida, agar ilgari bunday tartib-taomil qarzdorga nisbatan qoʻllanilmagan boʻlsa, qaror qabul qilishi mumkin.