Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat: shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish oʻrinlarini saqlab qolish; shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxonaning faoliyat sohasi oʻzgartirilgan taqdirda sotib oluvchining xodimlarni qayta oʻqitish yoki ishga joylashtirish majburiyati. Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi, shuningdek strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat: davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxona mulkiy majmuasining, shuningdek strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxona mol-mulkining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi, shuningdek strategik ahamiyatdagi mol-mulkning muayyan maqsadi saqlab qolinishini taʼminlash; qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmaga, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi davlat ehtiyojlarini taʼminlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq shartnomalarini bajarish. Tabiiy monopoliyalarning subyekti boʻlgan korxonani tanlovda sotish uchun majburiy shartlar quyidagilardan iborat: tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikning tartibga solish predmeti boʻlgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari boʻyicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi oʻz zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizma