Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida ushbu Qonunning 126-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Faqat sugʻurta tashkiloti qarzdor sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi boʻlishi mumkin. Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida sotilgan taqdirda sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalari boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga oʻtadi. Tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilayotganida sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sugʻurtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalarini oʻz zimmasiga olishga rozi boʻlganda sotilishi mumkin.