Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 187-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan talablar

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud boshqaruvchisi faoliyatni sud boshqaruvchisi sifatida amalga oshirish uchun attestatsiyadan oʻtishi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasiga ega boʻlishi kerak.