Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishdan oldin toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud xarajatlarining oʻrni qoplanadi, shuningdek fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun qarzdorning javobgarligi haqidagi fuqarolarning talablari qanoatlantiriladi. Kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: birinchi navbatda — alimentlar undirish, mualliflik shartnomalari, shuningdek mehnatga haq toʻlash uchun pul mablagʻlarini berishni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha talablar; ikkinchi navbatda — ulushdorlarga yetkazilgan zararlarni undirish boʻyicha talablar; uchinchi navbatda — quruvchining boshqa kreditorlari talablari. Kreditorlarning bir navbatdagi talablari bildirilgan talablarning kalendar navbati tartibida qanoatlantiriladi. Har bir navbatdagi talablar oldingi navbatdagi talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin qanoatlantiriladi.