Ushbu Qonun 9-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, agar jismoniy shaxs barcha majburiyatlarining umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini tashkil etsa, bunday holat yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jismoniy shaxs oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi kerak. Jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Qonun 195-moddasida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda sudga berilishi mumkin.