Qarzdor jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: yakka tartibdagi tadbirkor maqomining mavjudligini yoki yoʻqotilganligini tasdiqlovchi maʼlumot (agar bunday faoliyat bilan shugʻullangan boʻlsa); qarzdor jismoniy shaxs kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun taqdim etishga tayyor boʻlgan mol-mulki roʻyxati (narxi koʻrsatilgan holda), garov predmeti boʻlgan mol-mulk joylashgan yoki saqlanadigan joy, mol-mulk egasining nomi yoki ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatilgan holda; jismoniy shaxsning mol-mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari; koʻchmas mulkka, qimmatli qogʻozlarga, yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, transport vositalariga oid hujjatlarning, shuningdek ariza berilgan sanaga qadar uch yil ichidagi davrda jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarning koʻchirma nusxalari; jismoniy shaxs aksiyador (ishtirokchi) boʻlgan yuridik shaxs aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) reyestridan (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma; jismoniy shaxs tomonidan olingan daromadlar, jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza berilgan sanaga qadar boʻlgan uch yil ichidagi davrda hisoblangan va toʻlangan soliqlar hamda yigʻimlar haqidagi maʼlumotlar; tijorat banklaridagi hisobvaraqlar va ulardagi pul mablagʻlarining qoldiqlari, jamgʻarmalar (depozitlar) toʻgʻrisida tijorat banki tomonidan berilgan maʼlumotnoma, shuningdek jismoniy shaxsni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi ariza berilgan sanaga qadar uch yil ichidagi davr uchun jismoniy shaxsning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorning hisobvaraqlaridagi operatsiyalar, omonatlar (depozitlar) boʻyicha maʼlumotlar (mavjud boʻlgan taqdirda); sugʻurtalangan shaxs