Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda yuridik va jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligiga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.